date

Santos Ronaldu 2026 yilgi JChda o'ynashi mumkinligini aytdi

Santos Ronaldu 2026 yilgi JChda o'ynashi mumkinligini aytdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santos Krishtianu Ronaldu milliy jamoa uchun hanuz qanchalik muhim ekaniga to'xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oy boshida «Al-Nasr» hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. OAVda esa yulduz futbolchining hozirgi holatida Portugaliya terma jamoasiga qay darajada zarurligi haqida bahslar tinmayapti.

«Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatida asosiy tarkibda bo'lishi shartmi? Har bir murabbiyda o'z taktik qarashi bor. Agar Krishtianu yaxshi formada, eng yuqori konditsiyada bo'lsa, u aniq tanlovga aylanadi, chunki uning professionalligiga hali ham shubha yo'q. U men bilan hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gaplashmagan. Qarorni o'zi qabul qiladi, ammo men uning ketishiga hali ancha bor, deb umid qilaman», — deya Santos so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Qayd etilishicha, Ronaldu 2026 yilgi JCh saralash o'yinlarida beshta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Santos Ronaldu 2026 yilgi JChda o'ynashi mumkinligini aytdi