Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grand-klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sabab Delgado va Rikelme duetining asosiy vazifasi qisqa muddat ichida kerakli transferlar va ichki seleksiya bo‘yicha yechim topish bo‘ladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham yaxshi tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 o‘yinda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!