Slutskij boshchiligidagi Shanghai Shenshua ACLda yutqazib yakunladi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida «Shanghai Shenshua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram United»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq bu safar ham natija bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram United» birinchi taymning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Ko‘p o‘tmay «Shanghai Shenshua» bir futbolchiga kam bo‘lib qoldi va o‘yin intrigasiga deyarli nuqta qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanghai Shenshua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!