Bilyaletdinov Ronalduning darajasiga qoyil qolayotganini aytdi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisga ko'ra, Ronaldu o'ziga xos futbolchi bo'lib, uning natijalarini qaytarish deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, futbolchining hanuz eng yuqori darajada o'ynashga intilayotganini alohida ta'kidladi.
Joriy mavsumda 41 yoshli portugaliyalik barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya chempionatining 21-turidan keyin «Al-Nasr» 52 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing