Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenshua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

“Shanghai Shenshua” Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda “Buriram United”ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo‘lmasa obro‘ saqlab qolish imkoniyati edi, biroq bunga erishilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram United” ilk bo‘limning boshidayoq ikki bor aniq zarba yo‘lladi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanghai Shenshua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning “Shanghai Shenshua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!