Krishtianu Ronaldu besh so'z bilan muxlislarga murojaat qildi

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida navbatdagi postini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli yulduz forvard “Biz mashaqqatli mehnat orqali o‘sib boramiz” degan mazmunda qisqa xabar qoldirdi.
Ronaldu jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turida “Al-Hazm”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv bugun, 21-fevral kuni soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Joriy mavsum oliy ligada Ronaldu 19 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol (shundan 4 tasi penaltidan) va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing