Marselning yangi murabbiyi ishonch biroz pasayganini aytdi

«Marsel» bosh murabbiyi Xabib Beye yangi lavozimdagi omadsiz debyutdan keyin matbuotga fikr bildirdi. Fransiya chempionatining 23-turida uning jamoasi «Brest»ga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, birinchi bo'limda jamoa yetarli darajada shiddat ko'rsata olmagan. Ikkinchi taymda taktik o'zgarishlar va penalti o'yin manzarasini burishi mumkin edi, biroq bu g'alaba uchun yetarli bo'lmadi.
Beye jamoada ishonchning biroz susaygani sezilayotganini ham ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, salbiy natijalar ketma-ketligi futbolchilarga bosim o'tkazmoqda va u ulardan ijobiy kayfiyatni saqlab, ishga to'liq e'tibor qaratishni so'ragan.
Hozirda «Marsel» turnir jadvalida 40 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!