date

Krishtianu Ronaldu mehnat haqida qisqa post qoldirdi

Krishtianu Ronaldu mehnat haqida qisqa post qoldirdi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surayotgan portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida navbatdagi postini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli forvard “Biz mashaqqatli mehnat evaziga o‘sib boryapmiz” mazmunidagi qisqa fikrini yozib qoldirdi.

Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvi Saudiya chempionatining 23-turi doirasida “Al-Hazm”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv bugun, 21 fevral kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Joriy mavsum oliy ligada Ronaldu 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol (shundan to‘rttasi penaltidan) va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu mehnat haqida qisqa post qoldirdi