Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol chegarasidan o'tdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshdan keyingi gollari sonini 500 taga yetkazib, navbatdagi tarixiy marrani zabt etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatining shanba kungi "Al-Hazm"ga qarshi o'yinida 13-daqiqada hisobni ochdi va bu uning 30 yoshdan keyingi 500-goli bo'ldi. Uchrashuv yakunlariga yaqin esa Ronaldu yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, ushbu ko'rsatkichni 501 taga oshirdi.
Umumiy hisobda Ronaldu faoliyati davomida 964 ta gol urgan. E'tiborlisi, gollarning katta qismi so'nggi 11 yil ichida qayd etilgan.
Joriy Saudiya ligasi mavsumida 41 yoshli forvard 20 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. U to'purarlar poygasida Ayven Toni (23) va Xulian Kinones (21)dan keyin uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!