Redmi K90 Max sotuvlar boshlangach 4 soatda rekord o'rnatdi

"Xiaomi" kompaniyasining yangi "Redmi K90 Max" smartfoni sotuvga chiqqanidan so'ng ilk 4 soat ichida 3–4 ming yuanlik narx segmentida yillik rekordni yangiladi. Qurilmaning boshlang'ich narxi turli chegirmalar va subsidiyalar hisobiga taxminan 470 dollarni tashkil etmoqda. Mazkur model kompaniya tarixidagi ichki sovutish ventilyatoriga ega ilk smartfon bo'lib, u "Dimensity 9500" protsessori va 8 550 mA/soat sig'imli ulkan akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, yangi gadjet 100 vattli tezkor quvvatlash tizimi hamda IP69 darajasidagi yuqori himoya standartiga ega.
"Xiaomi" kompaniyasi kecha taqdim etilgan "Redmi K90 Max" smartfonining ilk sotuv natijalarini e'lon qildi. Qurilma savdolar boshlanganidan so'ng atigi 4 soat ichida barcha onlayn platformalarda 3–4 ming yuanlik narx segmentida yillik rekordni yangilab, mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi modelning boshlang'ich narxi 3 499 yuan (taxminan 515 dollar) etib belgilangan. Biroq ilk sotuvlar davrida barcha versiyalar uchun 300 yuan miqdorida subsidiya amal qilmoqda, bu esa narxni 470 dollargacha tushiradi.
Xitoyning ayrim hududlarida qo'shimcha milliy subsidiyalar ham mavjud.
"Redmi K90 Max" kompaniya tarixidagi ichki sovutish ventilyatoriga ega bo'lgan birinchi smartfon bo'ldi. Qurilma "Dimensity 9500" protsessori asosida ishlaydi va 100 vattli tezkor quvvatlashni qo'llab-quvvatlovchi 8 550 mA/soat sig'imli akkumulyator bilan jihozlangan.
Shuningdek, u IP69 standarti bo'yicha himoyalangan.






























Izohlar 0
…