date

Slutskyi boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Slutskyi boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskyi jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qattiq yopib» ketishning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda tayland klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o'yindagi intriga deyarli yo'qoldi.

Ta'kidlanishicha, Leonid Slutskyi bilan «Shanxay Shenxua» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskyi boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi