date

JCH g‘olibi Gotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyor

JCH g‘olibi Gotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyor

“Ayntraxt”ning hujumkor yarim himoyachisi Mario Gotse Germaniya chempionatini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olish variantini ko‘rib chiqayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining ta’kidlashicha, agar “Al-Nasr”dan taklif tushsa, u bu transferga rozi bo‘lishi mumkin. Gotse bu klubda Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgani ham qiziq omil ekanini yashirmadi, biroq asosiy e’tibor Saudiya chempionatining qanday sur’atda rivojlanayotganiga qaratilganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Gotse va Frankfurt klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u “Ayntraxt” safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH g‘olibi Gotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyor