date

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi

Moskvaning CSKA sobiq himoyachisi Aleksey Berezutskiy Rossiya terma jamoasining Gvatemala va Mali bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilsa, amaldagi futbolchi sifatida qanday yo‘l tutishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, bu masalada eng katta omil — yosh. «Agar 30 yoshdan oshgan futbolchi bo‘lganimda, bu o‘yinlar uchun terma jamoaga bormasdim», — dedi Berezutskiy «RB Sport»ga bergan intervyusida.

Berezutskiy 2018 yilda professional faoliyatini yakunlagan. U Rossiya terma jamoasi safida 58 uchrashuvda maydonga tushib, ikki assist muallifi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mart oyida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi ikki nazorat bahsini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Raqiblardan biri Mali terma jamoasi bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi