Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina grandi “Boka Xuniors” sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga zudlik bilan kuchaytirishlar zarur, shu bois duet transfer va tarkibni mustahkamlash masalalariga jiddiy kirishadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing