Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida muammo bor

Kon'yasporaga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray atrofida xavotirli xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bunday holat uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari ham shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionat jadvalida 55 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada bo'lgan Fenerbahche Galatasarayga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing