date

Galatasarayda oyliklar bo‘yicha muammo kuchayib bormoqda

Galatasarayda oyliklar bo‘yicha muammo kuchayib bormoqda

Konyasporga kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin «Galatasaray» ichida jiddiy muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari oylik maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar e’tiborini yanada kuchaytirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari katta savol ostida qolayotganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o‘yini bor «Fenerbahche» yaqin ta’qibchi sifatida yetib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda oyliklar bo‘yicha muammo kuchayib bormoqda