date

Safonov Monakoga qarshi jangga tayyorlanayotganini aytdi

Safonov Monakoga qarshi jangga tayyorlanayotganini aytdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan kayfiyat va kutilyotgan sinov haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Luis Enrike boshqaruvidagi parijliklar ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshilikning ilk o'yinida 3:2 hisobida ustun kelishga erishgandi.

Safonovning ta'kidlashicha, birinchi o'yindagi natija jamoaga ma'lum darajada erkinlik beradi, biroq masala hal bo'ldi degani emas. Darvozabon o'z Telegram kanalida «shuning uchun jangga hozirlik ko'ryapmiz va uchrashuvga to'liq qurollangan holda chiqamiz», deya yozdi.

Joriy mavsumda 26 yoshli posbon PSJ safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushdi. U 10 ta gol o'tkazib yuborgan, 4 uchrashuvda esa darvozasi daxlsiz qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov Monakoga qarshi jangga tayyorlanayotganini aytdi