date

Kaspiy sohilida 191 ta tyulen o‘limi sirli qolmoqda

Kaspiy sohilida 191 ta tyulen o‘limi sirli qolmoqda

Kaspiy dengizi sohilida yana bir ekologik fojea qayd etildi. Mang‘istov viloyatining Tupqarag‘an tumani hududida jami 191 dona o‘lik tyulen jasadi topildi. Bu holat mintaqada jiddiy xavotir uyg‘otib, ekologlar va mutaxassislar e’tiborini tortdi. Bu haqda “Lada.kz” mintaqaviy axborot portali ma'lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki taxminlar o‘lim sababini so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli shamollar bilan bog‘lamoqda. Xususan, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishdan esgan shamol oqibatida tyulenlar qirg‘oqqa chiqib qolgan va tabiiy sharoitga moslasha olmagan holda nobud bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Mang‘istov viloyati baliqchilik inspeksiyasi rahbari Qonarbay Bozorboyev izoh berib, voqea sabablari hali to‘liq o‘rganilayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mutasaddi tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamli tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan. Ekologiya departamenti mutaxassislari hududdan suv va tuproq namunalarini olib, atrof-muhitdagi ehtimoliy o‘zgarishlarni tahlil qilmoqda.

Shuningdek, Gidrobiologiya va ekologiya instituti olimlari ham ilmiy tadqiqotlarga jalb etilgan. Ular tyulenlarning ichki a’zolari, tishlari va boshqa biologik namunalarini o‘rganib, o‘lim sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday ommaviy nobud bo‘lish holatlari faqatgina ob-havo omillari bilan emas, balki suv ifloslanishi, oziq zanjiridagi muammolar yoki kasalliklar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Hozircha hodisaning aniq sabablari bo‘yicha yakuniy xulosa berilmagan. Tekshiruv natijalari esa yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kaspiy sohilida 191 ta tyulen o‘limi sirli qolmoqda