Dilfuza Ismoilova: mualliflik huquqi haqida ochiq gapirdi

Dilfuza Ismoilova: mualliflik huquqi haqida ochiq gapirdi
Qisqacha

Dilfuza Ismoilova "Navo Mehmonida" loyihasida o'z ijodiga oid fikrlarini bildirib, mualliflik huquqi masalasida ochiqchasiga gapirdi. U o'z qo'shiqlarini boshqalar ijro etishiga qarshi emasligini, hatto o'z nomidan ham qo'shiq aytayotganlarga "omadini bersin" deb duo qilishini aytdi. Xonanda qo'shiqlaridan pul topayotganlarga ham ruxsat berishini, mualliflik huquqi deb past ketmasligini ta'kidladi. Uning eng katta orzusi esa qo'shiqlarining dunyo bo'ylab yangrashidir.

Taniqli san’atkor Dilfuza Ismoilova “Navo mehmonda” loyihasidagi suhbatda o‘z ijodiga oid qiziqarli fikrlarini bildirib, muxlislarni hayratda qoldirdi.

Dastur boshlovchisi xonandaga: “Qo‘shiqlaringizni boshqalar ijro qilganda mualliflik huquqi talab qilasizmi? Chunki sizning qo‘shiqlaringizni aytayotganlar ko‘p”, — deya savol berdi.

Bunga javoban xonanda samimiy tarzda shunday dedi:

“Yo‘q, men bunga qarshi emasman. Hozir qo‘shiqlarimni aytayotganlar juda ko‘payib ketdi. Hatto mening nomimdan, ovozimni o‘zgartirmasdan konsert berayotganlar ham bor. Lekin men bunga indamayman. Mayli, omadini bersin. Faqat duo qilib qo‘yishsa bo‘ldi. Nimasini qizg‘anaman?”

Boshlovchi yana: “Sizdan ruxsat so‘rashadimi?” — deb so‘raganida, xonanda kulib javob berdi:

“Ha, hatto yigitlar ham so‘rashadi. Men esa ‘aytaveringlar’ deyman. Qo‘shiq aytib zavq olishsin. Agar shu orqali pul topib, oilasiga rizq olib kirayotgan bo‘lsa — mayli. Mualliflik huquqi deb past ketib nima qilaman?”

San’atkorning ta’kidlashicha, uning eng katta orzusi — qo‘shiqlari butun dunyoda yangrashi:

“Qaniydi, qo‘shiqlarimni butun dunyo aytsa, men roziman. Niyatim ham shu. Faqat yangi qo‘shiqlarimni hali biroz kutib, keyin ijro etishsa yaxshi bo‘lardi”.

Xonandaning bu samimiy va keng fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda iliq munosabat uyg‘otib, muxlislar orasida faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar