date

2026 yildan gaz ballon olish tizimi yengillashtirildi

2026 yildan gaz ballon olish tizimi yengillashtirildi

2026 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga maishiy gaz ballonlarini taqdim etish tartibi o‘zgartiriladi. Endilikda ushbu xizmat faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Bu haqda hukumat qarorida belgilangan.

Yangi tartib aholiga qulaylik yaratish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonini kengaytirishga qaratilgan.

Maishiy gaz ballonlari asosan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan hududlarda yashovchi fuqarolarga ajratiladi. Ariza berish “E-gaz” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tekshiruv natijasi ijobiy bo‘lsa, 12 ish kuni ichida 1 dona gaz balloni bepul yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

“Hududgazta’minot” AJ ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizimni elektron platformalar bilan integratsiya qilish ishlari davom etmoqda. Hozirda mamlakatda millionlab iste’molchilar tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 2026 yildan gaz ballon olish tizimi yengillashtirildi