Galatasarayda futbolchilarga maosh berish bo'yicha muammo yuzaga keldi

Kon'yaspor maydonida kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng, Galatasaray ichida jiddiy muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uchinchi oy ham davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari tobora shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, klub Turkiya chempionatida 55 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta uchrashuvi bor Fenerbahche uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing