date

Anchelotti ishonch bo'lmasa murabbiylik uzoq turmaydi deydi

Anchelotti ishonch bo'lmasa murabbiylik uzoq turmaydi deydi

Karlo Anchelotti murabbiylik kasbining eng muhim jihati haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, bu ishda hammasi rahbariyat va jamoa ishonchiga borib taqaladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Murabbiy bilan shartnoma ishonch bor ekan amal qiladi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo'shatishgan. Men o'nta klubda ishlaganman, shundan yettitasida meni bo'shatishgan», — deya Anchelottining so'zlarini Cadena SER keltirdi.

Ma'lumki, Karlo Anchelotti o'tgan yozdan buyon Braziliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida «selesao» Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan to'qnash keladi. Braziliyaliklar 2002 yildan beri ilk bor mundialni yutishni asosiy maqsad qilib qo'ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti ishonch bo'lmasa murabbiylik uzoq turmaydi deydi