Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lash bilan muammo bor

«Galatasaray»ning «Konyaspor»ga kutilmagan mag'lubiyatidan so'ng klub ichidagi vaziyat haqida gap-so'zlar kuchaydi. TR24 xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, ushbu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani matbuot va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o'yini bor «Fenerbahche» tez orada ularga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing