Nepomnyashchiy Rossiya uchun har qanday raqib qulay dedi

Avval Kamerun terma jamoasida ishlagan rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Rossiya va Mali o‘rtasidagi BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Bahs 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Rossiya hozirgi sharoitda xalqaro maydonda cheklovlar fonida istalgan raqib bilan o‘ynash foydali ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Mali mutlaq favorit emas, biroq uchrashuv oson kechmaydi. Nepomnyashchiy texnik jihatdan kuchli jamoalar qatorida Senegal va Kamerunni, “ingliz uslubidagi” jismoniy futbolga yaqin tarkiblar sifatida esa Gana va Malini misol qildi.
FIFA reytingida Mali 54-o‘rinda bormoqda, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya esa 36-pog‘onani egallab turibdi. Ushbu terma jamoalar avval hech qachon o‘zaro bahs o‘tkazmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!