Karraher Artetaning Dyo'keresh borasidagi qarorini maqtadi

Angliya futbolining sobiq vakili Jeymi Karraher Mikel Artetaning Viktor Dyo'kereshni «Tottenhem»ga qarshi derbida ilk daqiqalardan maydonga tushirish qarorini yuqori baholadi. London klubi o'sha uchrashuvda 4:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchi o'yinning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi — u dubl qayd etdi. Karraher esa avvalroq bir necha bor shved futbolchisi «Arsenal»ning asosiy tarkibiga munosib emasligini aytib kelgandi.
«Artetaga e'tirof. Menimcha, ular Dyo'kereshni asosiy tarkib futbolchisi sifatida chetga surishi kerak edi, ammo murabbiy uni o'yindan o'yinga startda tushirishda davom etdi. Arteta maqtovga loyiq: u futbolchiga ishonchini yo'qotmadi va oxir-oqibat bu ishonch o'z samarasini berdi», — dedi Karraher Sky Sports efirida yakshanba kungi bahsni tahlil qilar ekan.
Joriy mavsumda Viktor Dyo'keresh «Arsenal» safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!