Kavanining Boca kelajagi so'roq ostida qoldi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Juniors»ni tark etishi mumkin — bu uning shaxsiy xohishidan ko'ra, vaziyat taqozosi bilan «ixtiyoriy-majburiy» ko'rinish olmoqda. So'nggi o'yinlarda uning chiqishi muxlislarni qoniqtirmayapti va tribunalar tobora ko'proq norozilik bildirayotganini yashirmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navbatdagi o'yinda Kavani almashtirilgan payt ham shunday bo'ldi: «Matador» maydonni tark etarkan, uni hushtakbozlik kuzatib qo'ydi. Almashtirish esa natijaga ta'sir qilmadi — «Boka» «Platenese» darvozasini ishg'ol qila olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Shundan so'ng Argentinadagi OAV Kavanining shartnomasini uzaytirish borasidagi ehtimollarni juda ehtiyotkorlik bilan baholamoqda. Bunga qo'shimcha ravishda, klub paraguaylik Adam Bareyroni ham tarkibga qo'shib oldi va ko'pchilik uning 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!