date

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng «Shanghai Shenhua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda jamoa Leonid Slutskij qo‘l ostida «Buriram United»ga qarshi hech bo‘lmaganda turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko‘rdi, ammo bunga ham erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo‘limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Tez orada «Shanghai Shenhua» bir futbolchidan ayrilib, maydonda son jihatdan kam qolganidan keyin o‘yin intrigasiga ham putur yetdi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi