Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Kon'yasporaga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray atrofida tashvishli xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani matbuot va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni ushlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada bo'lgan Fenerbahche ortdan quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing