date

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai finalda Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai finalda Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanghai Shenhua” yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun barcha imkoniyatlarini boy bergandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskij jamoasi “Buriram United”ga qarshi uchrashuvda hech bo‘lmaganda turnir bilan chiroyli xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi: birinchi bo‘limning avvalida ketma-ket ikki gol urildi. 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Suphanat Mueanta ikkinchi golni kiritdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanghai Shenhua” bir futbolchisidan ayrilib, maydonda kamchilikda qolganidan keyin o‘yin intrigasiz tus oldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijining “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanghai finalda Buriramga yutqazdi