PSJ Senni Meyulu bilan 2030 yilgacha shartnoma uzaytirmoqchi

«Pari Sen-Jermen» rahbariyati yarimhimoyachi Senni Meyulu bilan shartnomani uzaytirish masalasida qat’iy turibdi. Insayder Fabris Xokins hisobotiga tayangan holda, klub 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli bitim taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh fransuz futbolchiga Yevropaning boshqa klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq Meyulu hozircha Parij jamoasini tark etishni o‘ylamayapti.
Shuningdek, avvalroq PSJ yarimhimoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usmon Dembele va vinger Bredli Barkola bilan ham kelishuvlarni uzaytirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Luis Enrike qo‘l ostida to‘p surayotgan Meyulu 28 uchrashuvda 4 ta gol urib, 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!