date

Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Manbalarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ichida Jezushning ishidan mamnun ekani va uni keyingi mavsumda ham jamoa boshqaruvida ko'rishni istayotgani ta'kidlanmoqda.

Avvalroq Jezushning kelajagi Krishtianu Ronaldu qaroriga bog'lanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, go'yo hujumchi yozda ketadigan bo'lsa, murabbiy ham klubni tark etishi ehtimoli bor edi. Biroq Ronaldu yaqinda jamoada qolish niyatini bildirgan.

Jezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan shartnomani uzaytirishi mumkin