Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

«Shanxay Shenxua» yetti turdan so'ng Osiyo Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi faqat musobaqani munosib tarzda yakunlashga urinib ko'rdi, biroq bu safar ham uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda taylandliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'limning dastlabki qismidayoq «Buriram Yunayted» ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyinroq «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, o'yindagi intriga amalda so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing