date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenhxua» pley-off yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatidan ayrilgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda taylandlik «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo‘limning avvalida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va tez orada «Shanxay Shenhxua»ning bir futbolchisi maydondan chetlatilgach, o‘yin intrigalari deyarli so‘ndi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi