Van de Ven Tudorning ko'rsatmalarini inobatga olmadi

APL doirasida yakshanba kuni «Tottenhem» va «Arsenal» o'rtasidagi Shimoliy London derbisi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda «kanonirlar» yaqqol ustun kelib, 4:1 hisobida yirik g'alabani rasmiylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin davomida esa e'tiborga molik epizod kuzatildi. «Tottenhem» bosh murabbiyi Igor Tudor jamoa boshqaruvidagi ilk o'yinida himoyachi Mikki van de Vendan chiziqni balandroq ushlab, jamoaga yaqinroq joylashishni talab qildi. Biroq futbolchi ko'rsatmalarga amal qilmagach, Tudor bundan ranjib, hissiyotlarini yashirmay faol ishoralar bilan noroziligini bildirdi.
Keyingi turda «Tottenhem»ni yana bir London derbisi kutmoqda — jamoa safarda «Fulhem»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing