Loftus-Chikning jarohati mavsum oxirigacha xavf tug'dirmoqda

“Milan” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik “Parma”ga qarshi o'yinda jag'idan og'ir jarohat oldi. Futbolchi dushanba kuni operatsiya qilinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyaning Sky manbasi xabariga ko'ra, jarrohlik amaliyoti murakkab kechishi mumkin. Operatsiyadan keyin Loftus-Chik bir muddat zond orqali ovqatlanishga majbur bo'lib qolishi ehtimoli ham bor.
Bunday jarohat futbol uchun kam uchraydi, shu sababli tiklanish muddatini hozircha aniq aytish qiyin. “Milan” yarim himoyachisi 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismini ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kungi bahsda “Milan” “Parma”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam “Inter”dan 10 ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!