date

Loftus-Chik jag' jarohati sabab mavsumni erta yakunlashi mumkin

Loftus-Chik jag' jarohati sabab mavsumni erta yakunlashi mumkin

"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Parma"ga qarshi o'yinda jag'idan jiddiy jarohat oldi. Futbolchi dushanba kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Italiyaning Sky manbasi operatsiya murakkab bo'lishi kutilayotganini ta'kidlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, amaliyotdan keyin Loftus-Chikka ma'lum muddat zond orqali ovqatlanishga to'g'ri kelishi ehtimoli bor. Futbolda bunday jarohatlar kam uchraydi, shu bois tiklanish muddati bo'yicha hozircha aniq prognoz berish qiyin.

Shu sabab "Milan" yarim himoyachisi 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi ham inkor etilmayapti.

Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Milan" "Parma"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Loftus-Chik jag' jarohati sabab mavsumni erta yakunlashi mumkin