Filimonov Safonovning PSJdagi yutuqlarini izohladi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, Safonov ketma-ket to‘rtta penaltini qaytargani muxlislar yaratadigan “shou” emas, balki darvozabonning mahorati natijasi. «Bu perfromans emas. Perfromansni muxlislar qiladi, Safonovning esa bu — mahorati», — deya Filimonovning so‘zlarini keltiradi «Chempionat».
Safonov asta-sekin fransuz klubida asosiy darvozabon maqomini mustahkamlab bormoqda. U joriy mavsumda Chempionlar ligasida parijliklar safida uch o‘yinda maydonga tushib, uchta gol o‘tkazib yubordi va bir uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.
Shuningdek, u Liga 1 doirasida oltita o‘yinda ishtirok etdi: bu bahslarda olti gol o‘tkazdi, uchta uchrashuvda esa «nol»ga o‘ynadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!