Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyaspor maydonida kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiylari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani matbuot va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari katta savol ostida qolganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, klub chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o‘yini bor Fenerbahche raqibga juda yaqinlashib qolishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing