Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishni ko'zlamoqda

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jesush jamoada uzoqroq qolishi mumkin. Saudiya Arabistonidan kelayotgan xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klubda murabbiy ishidan mamnun ekani va hamkorlikni keyingi mavsumda ham davom ettirish niyati borligi aytilmoqda.
Avvalroq Jesushning kelajagi Krishtianu Ronalduga bog'liq ekani haqida gaplar tarqalgandi: agar uning vatandoshi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi qayd etilgandi. Biroq yulduz hujumchi yaqin orada “Al-Nasr”da qolmoqchi ekanini bildirgan.
Jorje Jesush “Al-Nasr”ni o'tgan yilning iyulida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!