date

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi

Konyaspor bilan o‘yindagi kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin “Galatasaray” ichidagi vaziyat borasida tashvishli xabarlar tarqaldi. TR24 nashriga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini o‘z vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba ta’kidlashicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa masala bo‘yicha rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini aytdi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bir o‘yini zaxirada bo‘lgan “Fenerbahche” yaqin orada uni quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi