PSJ Senni Meyulu bilan 2030 yilgacha shartnoma uzaytirmoqchi

Pari Sen-Jermen yarim himoyachisi Senni Meyulu bilan shartnomani uzaytirish masalasida ish olib bormoqda. Insayder Fabris Hokins hisobotiga tayangan holda, klub 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha moʻljallangan yangi uzoq muddatli kelishuvni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh fransuzga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, futbolchining o‘zi hozircha Parij jamoasini tark etishni istamayapti.
Avvalroq PSJ yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usmon Dembele hamda qanot futbolchisi Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsumda Luis Enrike qo‘l ostida Meyulu 28 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!