date

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida

“Al-Nasr” rahbariyati bosh murabbiy Jorje Jesush bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha qarorga kelmoqda. Saudiya Arabistonidan chiqqan manbalarga ko‘ra, klub portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ichida Jesushning ishidan qoniqish yuqori: “Al-Nasr” uni kelasi mavsumda ham jamoa boshida ko‘rishni istamoqda.

Avvalroq Jesushning kelajagi Krishtianu Ronalduga bog‘liq ekani haqida gaplar tarqalgan, ya’ni yulduz hujumchi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi aytilgandi. Biroq Ronaldu yaqinda “Al-Nasr”da qolish niyatini bildirgan.

Jorje Jesush “Al-Nasr”ni o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida