Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Kon'yaspora qarshi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» atrofida ichki muammolar borligi haqida gaplar ko'paydi. TR24 xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uchinchi oy davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolganini ta'kidladi.
Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta uchrashuvi bor «Fenerbahche» yaqin ta'qibda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing