Filimonov Safonovning PSJdagi yutuqlariga izoh berdi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning PSJ safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga ko'ra, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani oddiy "shou" emas. Filimonov bu holatni muxlislar yaratadigan perfonmans bilan aralashtirmaslik kerakligini aytib, buni darvozabonning sof mahorati deya baholadi.
Safonov hozir fransuz klubida asosiy darvozabon maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. U joriy mavsum PSJ safida Chempionlar ligasida 3 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol o'tkazdi va 1 o'yinda darvozasini daxlsiz saqladi.
Shuningdek, Safonov Liga 1 doirasida 6 uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol o'tkazdi, 3 bahsda esa "quruq" hisob qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing