date

Galatasarayda maoshlar bo'yicha uch oydan beri muammo bor

Galatasarayda maoshlar bo'yicha uch oydan beri muammo bor

Kon'yaspor bilan kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng, Galatasaray ichida jiddiy muammolar yuzaga chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba ta'kidlashicha, mazkur vaziyat uch oydan buyon davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa bu borada izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari katta savol ostida qolayotganini bildirdi.

Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionatda peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o'yini bor Fenerbahche uni quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo'yicha uch oydan beri muammo bor