Strasbur ultraslari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionati 23-turida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida yenggan uchrashuv paytida «Stad de la Meno» stadionida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mojaroga tribunada o‘ta o‘ng qarashlarni targ‘ib qiluvchi shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani sabab bo‘ldi. L’Equipe xabariga ko‘ra, buni mustaqil shaxslar guruhi, jumladan sentabr oyida fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhining sobiq a’zolari ham amalga oshirgan.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashladi, biroq bu to‘qnashuvning oldini olmadi. Tribunada bunday materiallar paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartib buzganlar bilan yuzma-yuz kelib qoldi.
Kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, holat bo‘yicha tekshiruv ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!