Strasbur ultraslari stadionda bannerlar sabab janjallashib ketdi

«Stad de la Meno» arenasida «Strasbur»ning «Lion» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda tartibsizliklar yuz berdi. Bu uchrashuv Fransiya chempionatining 23-turi doirasida o‘tkazildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaroga o‘ng radikal shiorlar yozilgan bannerlarning tribuna ichida yoyilishi sabab bo‘lgan. Bannerlarni o‘zini mustaqil shaxslar, jumladan sentabr oyida Fransiya hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders guruhining sobiq a’zolari ham olib kirgani aytilmoqda.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, kelishmovchilikning oldi olinmadi. Tribunada bunday mazmundagi bannerlarga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori bo‘lgan UB90 vakillari tartib buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.
Kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar allaqachon vakolatli organlarga topshirilgan, holat yuzasidan tekshiruv boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!