Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jesush bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Manbalarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa ichida murabbiyning ishlari ijobiy baholanmoqda va «Al-Nasr» kelasi mavsumda ham aynan Jesush bilan yo'lni davom ettirishni istamoqda.
Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etsa, Jesush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgan edi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyati borligini bildirgan.
Jorje Jesush o'tgan yil iyul oyida «Al-Nasr» boshqaruvini qo'lga olgandi. Ayni paytda jamoa chempionat turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!