date

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab tribuna ichida mushtlashdi

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab tribuna ichida mushtlashdi

Fransiya chempionatining 23-turi doirasida “Stad de la Meno” stadionida o‘tgan “Strasbur” — “Lion” uchrashuvi paytida tribunada tartibsizlik yuz berdi. Mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda muxlislar orasida ziddiyat kelib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Équipe xabariga ko‘ra, mojaro mustaqil shaxslar guruhi, jumladan, sentabr oyida fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhi sobiq a’zolari ishtirokida o‘ta o‘ng shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani ortidan boshlangan.

Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, bu to‘qnashuvning oldini ololmadi. Tribunada bunday mazmundagi plakatlar paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan yuzma-yuz kelib, janjal mushtlashuvga aylanib ketdi.

Videokuzatuv yozuvlari allaqachon huquq-tartibot organlariga topshirilgan, holat bo‘yicha tekshiruv ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab tribuna ichida mushtlashdi