Dele Alli london derbisiga tashrif buyurib, tez orada qaytishini aytdi

Dele Alli sobiq jamoasi «Tottenhem»ni sogʻingan ko‘rinadi: u Londondagi uy stadioniga kelib, «Arsenal»ga qarshi derbini tribunadan kuzatdi. Biroq uchrashuv Alli kutganidek kechmadi — «shporlar» 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin yakunidan so‘ng Alli muxlislarga tez orada maydonga qaytishini bildirgan. «Maydonga qaytishni juda xohlayapman. Bu tez orada sodir bo‘lishi kerak. Oxirgi marta ko‘rishganimizdan beri juda ko‘p narsa ro‘y berdi. Ammo men qaytdim va yana bir bor eslatmoqchiman: sizlarning barchangiz — mening oilamsiz», — deya uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Hozirda Dele Allining yoshi 29 da.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing